Ommaviy oferta
Ushbu hujjat (keyingi o'rinlarda — «Oferta») O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367- va 369-moddalariga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi va «Sanoqchi» xizmatidan (mobil ilova va unga bog'liq server xizmatlari) foydalanish shartlarini belgilaydi.
Ilovada ro'yxatdan o'tish yoki Xizmatdan foydalanishni boshlash Ofertani so'zsiz va to'liq qabul qilish (aksept) hisoblanadi. Shartlarga rozi bo'lmasangiz, Xizmatdan foydalanishni to'xtating.
1.Atamalar
- Xizmat — «Sanoqchi» mobil ilovasi (Android, iOS), sanoqchi.uz sayti va ularga xizmat ko'rsatuvchi server infratuzilmasi.
- Ijrochi — quyida 13-bo'limda rekvizitlari ko'rsatilgan shaxs (Xizmat egasi).
- Foydalanuvchi — Ofertani aksept qilgan, Xizmatda ro'yxatdan o'tgan jismoniy yoki yuridik shaxs (odatda — do'kon egasi yoki uning xodimi).
- Hisob (akkaunt) — Foydalanuvchining telefon raqami orqali ochilgan shaxsiy kabineti.
- PRO tarif — pullik obuna asosida ochiladigan kengaytirilgan imkoniyatlar to'plami.
- Balans — Foydalanuvchining Xizmat ichidagi pul hisobi; undan PRO obuna va SMS xizmatlari uchun to'lov yechiladi.
2.Xizmat tavsifi
Sanoqchi — do'konlar va savdo nuqtalari uchun nasiya (qarz) daftarini elektron yuritish xizmati. Xizmat quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- mijozlar (qarzdorlar) ro'yxatini yuritish, qarz berish va to'lov qabul qilish yozuvlari;
- to'lov muddatlarini belgilash va muddati o'tgan qarzlarni kuzatish;
- mijozlarga SMS eslatma va xabarnomalar yuborish;
- xodimlar uchun alohida kirish va amallar tarixi;
- ta'minotchilar bilan hisob-kitob yuritish;
- ma'lumotlarni serverda saqlash, zaxiralash va bir nechta qurilmada sinxronlash;
- hisobotlar va statistika.
Xizmat «boricha» (as is) taqdim etiladi. Ijrochi Xizmatni doimiy takomillashtirib boradi va ayrim funksiyalarni o'zgartirishi yoki to'xtatishi mumkin.
3.Ro'yxatdan o'tish va hisob
- Ro'yxatdan o'tish telefon raqami va SMS-kod orqali amalga oshiriladi.
- Foydalanuvchi hisobiga kirish ma'lumotlarini (PIN, SMS-kod) sir saqlashi shart. Hisob orqali bajarilgan barcha amallar Foydalanuvchi tomonidan bajarilgan deb hisoblanadi.
- Foydalanuvchi ro'yxatdan o'tishda to'g'ri va dolzarb ma'lumotlarni kiritishi shart.
- Foydalanuvchi istalgan vaqtda ilova sozlamalari orqali yoki 13-bo'limdagi manzillarga murojaat qilib hisobini va unga bog'liq barcha ma'lumotlarni o'chirishni talab qilishi mumkin. Hisob o'chirilgach, ma'lumotlar qonunchilikda belgilangan saqlash muddatlari hisobga olingan holda qaytarib bo'lmas tarzda yo'q qilinadi.
4.Tariflar va to'lov tartibi
- Xizmatning asosiy imkoniyatlari bepul tarifda taqdim etiladi.
- PRO tarif oylik yoki yillik obuna asosida ishlaydi. Joriy narxlar ilovaning «Tariflar» bo'limida ko'rsatiladi va to'lov paytida Foydalanuvchiga ma'lum qilinadi. Yangi foydalanuvchilarga sinov muddati berilishi mumkin.
- SMS eslatma va xabarnomalar har bir SMS uchun operator tarifiga ko'ra Balansdan yechiladi; narxlar ilovada ko'rsatiladi.
- Balansni to'ldirish Click to'lov tizimi orqali yoki ilovada ko'rsatilgan boshqa usullar bilan amalga oshiriladi. iOS ilovasida raqamli xizmatlar uchun to'lov Apple qoidalariga muvofiq App Store ichki xaridlari (In-App Purchase) orqali ham taklif etilishi mumkin.
- Obuna avtomatik uzaytirilmaydi: muddat tugagach, Foydalanuvchi to'lovni o'zi amalga oshiradi (App Store orqali rasmiylashtirilgan obunalar bundan mustasno — ular Apple qoidalari bo'yicha boshqariladi).
- Narxlar O'zbekiston so'mida belgilanadi. Ijrochi narxlarni o'zgartirish huquqiga ega; o'zgarish avval to'langan davrga ta'sir qilmaydi.
5.To'lovni qaytarish
- Balansga kiritilgan, lekin sarflanmagan mablag' Foydalanuvchi arizasiga ko'ra 10 ish kuni ichida qaytariladi.
- Boshlangan obuna davri uchun to'lov, xizmat texnik sabablarga ko'ra 3 kundan ortiq uzluksiz ishlamagan holatlar bundan mustasno, qaytarilmaydi.
- App Store orqali qilingan xaridlarni qaytarish Apple'ning qaytarish siyosati orqali amalga oshiriladi.
- Qaytarish uchun 13-bo'limdagi manzillarga murojaat qilinadi.
6.Tomonlarning huquq va majburiyatlari
Ijrochi majburiyatlari:
- Xizmatning ishlashini ta'minlash va texnik nosozliklarni imkon qadar tez bartaraf etish;
- Foydalanuvchi ma'lumotlarini ushbu Ofertaning 7-bo'limiga muvofiq himoya qilish;
- tarif va shartlardagi muhim o'zgarishlar haqida ilova yoki sayt orqali xabar berish.
Foydalanuvchi majburiyatlari:
- Xizmatdan faqat qonuniy maqsadlarda foydalanish;
- mijozlariga SMS yuborishda ularning roziligini olganlik uchun javobgar bo'lish;
- Xizmat ishiga texnik xalal bermaslik, zaxiradan nusxa olishga urinmaslik, teskari muhandislik qilmaslik;
- o'z hisobidagi ma'lumotlarning to'g'riligi uchun javob berish.
7.Maxfiylik siyosati (shaxsiy ma'lumotlar)
Ushbu bo'lim Xizmatning maxfiylik siyosati hisoblanadi va O'zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonuni (O'RQ-547) talablariga muvofiq tuzilgan.
Qaysi ma'lumotlar yig'iladi:
- Foydalanuvchi haqida: ism, telefon raqami, do'kon nomi;
- Foydalanuvchi kiritadigan ma'lumotlar: mijozlar ismi va telefon raqamlari, qarz/to'lov yozuvlari, ta'minotchilar ma'lumotlari;
- texnik ma'lumotlar: qurilma turi, ilova versiyasi, push-bildirishnoma identifikatori (FCM token).
Nima maqsadda ishlatiladi: faqat Xizmatni ko'rsatish uchun — hisobni yuritish, sinxronlash, SMS va push yuborish, texnik yordam. Ma'lumotlar reklama maqsadida uchinchi shaxslarga sotilmaydi va berilmaydi.
Uchinchi tomon xizmatlari: SMS yuborish uchun litsenziyalangan SMS-provayder (Eskiz.uz), push-bildirishnomalar uchun Google Firebase, to'lovlar uchun Click ishlatiladi. Ularga faqat tegishli xizmatni bajarish uchun zarur minimal ma'lumot uzatiladi.
Saqlash va himoya: ma'lumotlar O'zbekiston hududidagi serverlarda saqlanadi, uzatish HTTPS orqali shifrlanadi, kirish cheklangan.
Foydalanuvchi huquqlari: o'z ma'lumotlariga kirish, ularni tuzatish, nusxasini olish va o'chirishni talab qilish (3-bo'limga qarang). Murojaat: 13-bo'limdagi manzillar. Murojaatlar 10 ish kuni ichida ko'rib chiqiladi.
8.Javobgarlik cheklovi
- Xizmat qarzlarni hisobga olish vositasi bo'lib, Foydalanuvchi bilan uning mijozlari o'rtasidagi qarz munosabatlariga taraf emas va qarzlarning qaytarilishini kafolatlamaydi.
- Ijrochi Foydalanuvchi kiritgan ma'lumotlarning to'g'riligi uchun javob bermaydi.
- Ijrochining jami javobgarligi Foydalanuvchi so'nggi 12 oyda Xizmat uchun to'lagan summadan oshmaydi.
- Fors-major holatlarida (tabiiy ofat, aloqa uzilishi, davlat organlari qarorlari va h.k.) tomonlar javobgarlikdan ozod etiladi.
9.Intellektual mulk
Ilova, sayt, «Sanoqchi» nomi va logotipi, dizayn va dasturiy kod Ijrochiga tegishli. Foydalanuvchiga Xizmatdan shaxsiy (tijoriy faoliyatida) foydalanish uchun oddiy (eksklyuziv bo'lmagan) litsenziya beriladi. Foydalanuvchi kiritgan ma'lumotlar Foydalanuvchining o'ziga tegishli bo'lib qoladi.
10.Ofertani o'zgartirish
Ijrochi Ofertaga o'zgartirish kiritishi mumkin. Yangi tahrir sanoqchi.uz/oferta sahifasida e'lon qilingan paytdan kuchga kiradi. Muhim o'zgarishlar haqida Foydalanuvchi ilova orqali xabardor qilinadi. O'zgarishdan keyin Xizmatdan foydalanishni davom ettirish yangi tahrirni qabul qilish hisoblanadi.
11.Shartnoma muddati va bekor qilish
- Oferta aksept qilingan paytdan kuchga kiradi va Foydalanuvchi hisobini o'chirguncha amal qiladi.
- Foydalanuvchi Ofertani istalgan vaqtda — hisobini o'chirish orqali — bekor qilishi mumkin.
- Ijrochi Oferta shartlari qo'pol buzilganda (masalan, Xizmatdan qonunga xilof maqsadda foydalanilganda) hisobni cheklashi yoki o'chirishi mumkin; bunda sarflanmagan balans 5-bo'limga muvofiq qaytariladi.
12.Nizolarni hal etish va amaldagi qonunchilik
Ushbu Ofertaga O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi qo'llaniladi. Nizolar avvalo muzokara yo'li bilan (13-bo'limdagi manzillar orqali, javob muddati — 10 ish kuni), kelishuvga erishilmasa — Ijrochi joylashgan yerdagi vakolatli sudda hal etiladi.
13.Ijrochi rekvizitlari va aloqa
Ilovadan foydalanishni davom ettirar ekansiz, siz ushbu Oferta va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilgan hisoblanasiz.